Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova “Qushbegi” mahallasidagi mavjud holatni joyiga chiqib o‘rganar ekan, aholi ehtiyojlariga javob bermaydigan, yuzaki yangilangan infratuzilma va quruq hisobotlardan charchaganini ochiq bildirdi.
Mahallaning 1-, 2-, 3-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10- va 11-uylar hududida qurilgan bolalar maydonchalari hokimning asosiy e’tibor nuqtasiga aylandi. Holat o‘rganilganda, maydonchalardagi kamchiliklar bartaraf etilmagani, bolalar uchun munosib va xavfsiz shart-sharoit yaratilmagani, yo‘laklardagi qurilish chiqindilari haligacha tozalanmagani aniqlandi.
Hokim bu holat uchun mas’ul qurilish tashkilotlari rahbarlarini tanqid ostiga oldi hamda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha qat’iy talab va muddat belgilab berdi.
Shuningdek, hokim mahalla hududida faoliyat yuritayotgan BSK rahbarining ishiga ham jiddiy e’tiroz bildirdi. Ariqlar ichida chiqindilar yig‘ilib qolgan, ko‘p qavatli uylar atrofi esa mutlaqo tozalanmaganligini ta’kidlab o'tdi.