29 Aprel, 2025 42

Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida inson, uning huquq va manfaatlari turibdi. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil bugungi kunda davlat boshqaruvining ustuvor yo‘nalishiga aylangan.

Ana shunday ezgu maqsadlar asosida, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allaberganovaning navbatdagi sayyor qabuli tumandagi “Qushbegi” mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Qabulda tuman hokimining o‘rinbosarlari, mas’ul korxona va tashkilot rahbarlari, “Mahalla yettiligi” a’zolari hamda mahalla fuqarolari ishtirok etdi.

Qabul jarayonida fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi muammo va murojaatlari tinglandi va har bir masala alohida ko‘rib chiqildi.

Jumladan:

uy-joyni ta’mirlash;

shartnoma to‘lovlarini amalga oshirish;

subsidiya asosida uy olish;

tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit ajratish va boshqa turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Murojaatlar yuzasidan mas’ul idora va tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi hamda ularni ijobiy hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Qabul davomida fuqarolarga murojaatlarini bevosita yetkazish, dardlarini ochiqcha aytish, o‘z hayotiga daxldor masalalar bo‘yicha hal qilinayotgan ishlarga guvoh bo‘lish imkoniyati yaratildi.

Bu esa odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchi ortishi, islohotlarga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirishda muhim qadam hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech