14 Fevral, 2025 323

 Yakkasaroy tumanida zamonaviy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan yana bir muhim qadam tashlandi. Yaqin kunlarda 144-sonli maktabning yangi qurilgan 660 o‘rinli binosi o‘z eshiklarini ochadi.

 Bugun tuman hokimi Nilufar Allabergenova yangi binoda olib borilayotgan tayyorgarlik ishlarini o‘rgandi.

Mazkur jarayonda ta’lim muassasasining zamonaviy standartlarga muvofiq jihozlanishi, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar va infrastruktura bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

 Mazkur yangi maktab binosi nafaqat ta’lim sifatini yanada oshirishga, balki yosh avlodga ilm olish uchun zamonaviy va qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Bu bunyodkorlik tashabbusi tumandagi ta’lim sohasini yanada yuksaltirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.

Ta’lim rivojidagi bunday muhim yutuq nafaqat o‘quvchilar va o‘qituvchilar, balki butun jamoatchilik uchun quvonarli yangilikdir.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech