Bugun Yaksaroy tumani hokimi va sektor rahbarlari “Rakat” mahalla guzarida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar holatini oʻrgandilar.
Mazkur qaror mahallalarda osoyishtalikni taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi muammolarini tizimli ravishda hal etish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash kabi yoʻnalishlarda samarali ishlash mexanizmlarini nazarda tutadi. Shu sababli, "mahalla yettiligi" faoliyati va uning natijalariga alohida eʼtibor qaratildi.