1 May, 2025 74

Poytaxtimizda an’anaga aylanib ulgurgan “Gullar festivali” bugungi kunda go‘zallik, badiiy bezak va qalblarga shodlik ulashuvchi tadbirga aylanmoqda. Milliy kutubxona maydonida bo‘lib o‘tayotgan festival minglab turdagi gullar, rang-barang dekoratsiyalar va ijodiy kompozitsiyalar bilan bezatilib, yurtdoshlarimizga bahor nafasini ulashmoqda.

Tadbirga tashrif buyuruvchi fuqarolar soni kun sayin ortib bormoqda. Ayniqsa, bugungi kunda Yakkasaroy tumani aholisi va tumanda joylashgan To‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalarining faol ishtiroki alohida e’tiborga molik. Ular tayyorlagan zamonaviy va milliy uslubdagi liboslar modalar ko‘rgazmasiga o‘ziga xos nafas baxsh etdi.

“Gullar festivali” Yakkasaroyliklar uchun nafaqat go‘zallikka oshno bo‘lish, balki ijodiy salohiyat va madaniy didni namoyon etish imkoniyati ham bo‘lmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech