Yakkasaroy tumanidagi Oʻzbekiston amaliy sanʻat muzeyida Yakkasaroy tuman hokimligi, tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Oʻzbekiston amaliy sanʻat muzey hamkorligida “Xon atlas festivali” tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarma boshlig‘i Shahnoza Sultonova, Respublika Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi masʼullari, Yakkasaroy tumani hokimi o‘rinbosari – tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Rasulmuhamedova, tumandagi mahallalardagi xotin-qizlar faollari, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining dizaynerlari, tumandagi davlat maktabgacha taʻlim tashkilotining jajji qizaloqlari, mahalla faollari ishtirok etdilar.
Tadbirda tadbir ishtirokchilari milliy matolarimiz atlas va adraslardan tikilgan kiyimlar kiyib, kuy qoʻshiqlarga raqs tushib, muzeyga tashrif buyurgan chet el sayohatchilar bilan raqslarga tushdilar.
Tadbir davomida milliy matolar va liboslarimiz tarixi, qadimda ayollarning kiyinish madaniyati toʻgʻrisida qiziqarli axborotlar berdilar. “Xon atlas festivali” tadbiri yoshlarda milliy merosimizni qadrlash va uni avaylash tuygʻusini shakllantirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati