25 Sentyabr, 2025 44

Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi “Yakkasaroy kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” davlat unitar korxonasida bo‘lib, direksiya hududida investitsiya loyihasini amalga oshirishni rejalashtirayotgan xorijiy tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Belorussiya davlatidan tashrif buyurgan “PV Sonsult-TS” MCHJ vakillari ishtirok etdi. Mazkur kompaniya tomonidan 2025-yilning sentabr-oktabr oylarida sanoat zonasi hududida umumiy quvvati 5 MVt bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv davomida loyiha tafsilotlari, texnik va iqtisodiy jihatlari, qurilish ishlari bosqichlari hamda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik shartlari atroflicha muhokama qilindi. Quyosh energiyasi sohasidagi ushbu tashabbus Yakkasaroy tumanida “yashil energetika”ni rivojlantirish, sanoat obyektlarining energiya ta'minotini diversifikatsiya qilish va ekologik barqarorlikni ta'minlashda muhim qadam bo‘lishi ta’kidlandi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech