💢 Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 13-martdagi PF-49-sonli Farmoni ijrosini ta'minlashga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Nurbek Shamsiyev raislik qildi.
💠 Yig‘ilishda mahalliy ijro hokimiyati faoliyatida KPI – eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimini to‘liq joriy etish, uning amaliy natijalarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
👉 Toshkent shahar hokimining 2025-yil 11-iyuldagi qaroriga muvofiq:
👉 KPI ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik tizimi joriy etilgan;
👉 Hokim o‘rinbosarlari KPI bajarilishini qat’iy nazorat qilishi lozim;
👉 KPI natijalari har chorakda Xalq deputatlari Kengashi majlislarida tanqidiy muhokama qilinadi.
🖇 Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga ko‘ra, 2025-yilning III choragida:
💠 Hokimlik rahbariyati uchun iqtisodiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi;
💠 2025-yilning III chorak yakunlari hamda IV chorak vazifalari bo‘yicha shaxsiy tahliliy referatlar tayyorlanadi.
💢 Yig‘ilish yakunida quyidagi rahbarlar KPI tizimi doirasidagi ishlarga shaxsan javobgar etib belgilandi:
👉 Tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari;
👉 Hokimlik apparati rahbari D.Odilov;
👉 Tashkiliy kadrlar guruhi rahbari K.Rasulov;
👉 Tahliliy-nazorat guruhi rahbari B.Kadirov.
🖇 Ularning zimmasiga KPI ko‘rsatkichlariga o‘z vaqtida va samarali erishish, har oy yakunida ish rejalarini tasdiqlash, natijalarga doimiy nazorat o‘rnatish, noyabr-dekabr oylarida iqtisodiy o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish kabi vazifalar yuklatildi.
💠 Yig‘ilishda bildirilgan fikr va takliflar asosida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati