4 Iyul, 2025 23

Bugun Yakkasaroy tumanida joylashgan Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi Nilufar Allabergenovaning fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Mazkur qabulda Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Abdulaziz Isroilov, tuman hokimining oʻrinbosarlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Sayyor qabul davomida tuman aholisi tomonidan turli yoʻnalishlarda — ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar, yer uchastkalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat yuzasidan joyida oʻrganish va yechim topish choralari koʻrildi. Ayrim muammolarga shu yerning oʻzidayoq huquqiy tushuntirishlar berildi va masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Bu kabi sayyor qabullar aholining davlat organlari bilan bevosita muloqoti, ularning dardu tashvishlarini eshitish va amaliy yechimlar topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech