25 Mart, 2025 44

Bugun Yakkasaroy tumanidagi 59-sonli oilaviy poliklinikada sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahar Xalq qabulxonasi mudiri Tohir Mullajonov, Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar  Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamsiyev, hokim o‘rinbosarlari, Yakkasaroy tuman Xalq qabulxonasi mudiri, tumandagi kommunal soha rahbarlari, hamda fuqarolar ishtirok etdilar.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda tuman aholisining turli sohalarga oid muammolari, talab va takliflari eshitildi.

Fuqarolar tomonidan asosan mahalla hududini obodonlashtirish, kommunal sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish, moddiy yordam, subsidiya haqida murojaatlar qabul qilindi.

Qabul davomida qabulda ishtirok etayotgan tegishli tashkilot va muassalalar vakillariga bildirilgan murojaatlarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan topshiriqlar berib o‘tirldi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech