31 Yanvar, 2025 279

Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining III chaqiriq beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Sessiyani Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi raisi Nilufar Allabergenova olib bordi.

Unda:

 2025-yil uchun Yakkasaroy tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida. Yakkasaroy tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Shamsiyev Nurbek.

Yakkasaroy tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. Yakkasaroy tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Kuchkarov A’lodjon.

 Yakkasaroy tumani mahalliy budjetining 2025-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida. Yakkasaroy tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i - Xudoyqulov Bobur.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Yakkasaroy tumani inspeksiyasi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Yakkasaroy tumani inspeksiyasi boshlig‘i Rahmatov Muhammadbobur.

Yakkasaroy tumani Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. Yakkasaroy tumani Elektr ta’minoti korxonasi rahbari Parpiyev Anvar.

 “Yakkasaroytumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. “Yakkasaroytumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi rahbari Jo‘raboyev Begzod.

 Yakkasaroy tumani suv ta’minoti bo‘limi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. Yakkasaroy tumani suv ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Abduraxmanov Jasur.

Yakkasaroy tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. Yakkasaroy tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Tashmatov Xayrulla.

 “Yakkasaroy-Maxsustrans” avtotransport filiali tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. “Yakkasaroy-Maxsustrans” avtotransport filiali direktori Mirsadikov Mirmaxmud.

 Yakkasaroy tumani Oqova suv tarmoqlari korxonasi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. Yakkasaroy tumani Oqova suv tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Saidxo‘jayev Nuriddin.

 Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya to‘g‘risida. Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi raisining axborot va hisobotlari eshtildi.

 Shu va boshqa masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining III chaqiriq beshinchi sessiya qarori qabul qilindi va deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech