Bugun Yakkasaroy tumani hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Mustafoyev Behruz tumandagi “Dilbuloq” mahallasi hududida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida qurilayotgan ob’ektlarda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tanishuv davomida loyihalarning belgilangan tarmoq jadvali asosida bajarilishi batafsil o‘rganildi. Qurilish jarayonining borishi, texnika va resurslardan oqilona foydalanish, sifat standartlariga rioya qilinishi hamda ishlarni o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha aniq holat tahlil qilindi.