Bugun Erta tongdan Yakkasaroy tumanidagi “Pushkin” hiyobonida barcha mahallalarida obodonlashtirish, tozalash ishlarini amalga oshirish uchun umummilliy hasharni ahillikda oʻtkazish maqsadida tonggi saflanish oʻtkazildi.
Unda tuman hokimi, Respublika ishchi guruhi aʼzolari, mahalla raislari, mahalladagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari va mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.
Obodonlashtirish ishlariga tuman obodonlashtirish xodimlari, Boshqaruv servis xodimlari, 100 ga yaqin maxsus texnikalar ham jalb qilindi.
Reja asosida tumandagi barcha mahallalarda obodonlashtirish ishlari olib boriladi.