Bugun Yakkasaroy tumanida joylashgan “Do‘stlik” bog‘ida bog‘ ma’muriyati tashabbusi va tashkilotchiligida gullar va qo‘l mehnati bilan yasalgan buyumlarning yormarkasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir bog‘ muhitini yanada obodonlashtirish, aholi o‘rtasida tabiatga mehr va e’tibor ruhini oshirish hamda mahalliy hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Yarmarkada tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham ishtirok etdi. Tadbir davomida u bog‘da namoyish etilgan 100 dan ortiq turdagi gullarning parvarishi va ko‘paytirilishiga bag‘ishlangan tadbirda faol qatnashib, mahalliy hunarmandlar va gulparvarlar bilan suhbatlashdi.
Tadbir jarayonida gullarni to‘g‘ri parvarish qilish, yangi gul turlarini yetishtirish usullari hamda qo‘l mehnati bilan yaratilgan san’at asarlari namoyish qilindi. Yarmarka mehmonlari nafaqat go‘zal manzaralardan bahra oldilar, balki gulchilik va hunarmandchilik borasida yangi bilim va tajribaga ega bo‘ldilar.