23 Yanvar, 2025 97

Davlat xizmatchilari sogʻligi – xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi samarali va natijador ish faoliyatining muhim asosidir. Shuning uchun ham ularning sogʻligʻini nazorat qilish, profilaktika tadbirlarini oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bugun Yakkasaroy tumani hokimligida davlat fuqarolik xizmatchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha keng qamrovli tadbir tashkil etildi.

Tadbir Toshkent shahar hokimligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali va Sogʻliqni saqlash boshqarmasi hamkorligida amalga oshirildi.

Unda tuman hokimligi xodimlari, hududiy boshqarmalar rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda tuman boʻlimlari rahbarlari ishtirok etdi.

Tibbiy koʻrik davomida xodimlarning umumiy sogʻliq holati, kasalliklarning oldini olish hamda ularning kasbiy faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlarni oʻz vaqtida aniqlashga katta ahamiyat qaratildi.

Har bir xizmatchi mutaxassis shifokorlar tomonidan sinchkovlik bilan tekshiruvdan oʻtkazilib, zarur tavsiyalar berildi.

Bunday tashabbuslar davlat xizmatchilarining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, ish faoliyati samaradorligini oshirish hamda yurtimizda xalq manfaatlari yoʻlida sifatli xizmat koʻrsatishga xizmat qiladi.

Sogʻlom jamoa — kuchli va barqaror davlatning asosiy poydevori ekanligi yana bir bor oʻz tasdigʻini topdi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech