18-noyabr – Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 34 yilligida Yakkasaroy tumani yana bir bor o‘zining faol, tashabbuskor va vatanparvar hudud ekanini isbotladi.
Shota Rustaveli va Bobur chorrahasidagi 40-A uy fasadida 10 metrli ulkan bayroq baland ko‘tarilib, tuman osmoniga o‘zining qo‘rqmas, mag‘rur hilpirashini hadya etdi.
Bu bayroq – shunchaki mato emas.
Bu – yuksalish timsoli. Yurt sha’ni. Vatanning yuragi.
Bugungi kunda Yakkasaroy ko‘chalaridan o‘tgan har bir kishi shu ulug‘ ramzga boqib, qalbida kuch, ishonch va mazkur tashabbus tumanimizda davlat ramzlarini e’zozlash, milliy g‘ururni mustahkamlash va yoshlarda vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytirish yo‘lidagi qat’iy va izchil qadamdir.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati