17 Aprel, 2025 28

Bugun Yakkasaroy tumanidagi 91-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Yakkasaroy tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allaberganova, Respublika ishchi guruh a’zolari, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i J.Ergashev, hokim o‘rinbosari O.Rixsiboev, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i D.Mustafayeva va ma’sul xodimlar ishtirok etdilar.

Tanlovning test sinovi bosqichida tumandagi 13 ta umumtaʼlim maktabdan maktab terma jamoasi shakllantirilgan bo‘lib, har bir maktabning 7-9-sinf o‘quvchilaridan iborat 5 nafardan jami 65 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Unda jamoalarning bilimlari A, B va C bo‘limlardan iborat bo‘lgan uch yo‘nalishda: grammatika, o‘qib tushunish va lug‘at boyligi bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi.

Yakunda test bosqichi natijalari hamda har bir maktabning xorijiy til o‘qituvchilarining til bilish sertifikati, maktabda tashkil etilgan xorijiy til o‘quv-kurslari tashkil etilganligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha natijalar hisoblanib, 26, 118, 160-sonli maktab jamoalari kuchli uchlikdan joy oldilar.

1-o‘rin 160-maktab o‘quvchilariga, 2-o‘rin 26-maktab o‘quvchilariga 3-o‘rin esa 118-maktab o‘quvchilariga nasib qildi. G‘oliblar 100, 75 va 50 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlandilar.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech