21 Iyun, 2025 58

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Yakkasaroy yoshlari – volontyorlar guruhi” a’zolari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga tanishish uchun bordilar.

Mazkur tanishuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarni yurt tinchligi, jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan tuzilmalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularning Vatanga bo‘lgan sadoqatini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tanishuv davomida mehmonlarni universitet boshlig‘i, polkovnik Rustambayev Mirzayusup kutib oldi. U yoshlarga nufuzli oliy ta’lim muassasasining faoliyati, moddiy-texnik bazasi, o‘quv dasturlari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, yoshlar uchun ajratilgan zamonaviy kutubxona, kompyuter sinflari, sport inshootlari va yotoqxona sharoitlari bilan ham tanishuv tashkil etildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, kelajakda ushbu universitetda ta’lim olish niyatida ekanliklarini bildirishdi.

Nilufar Allabergenova tanishuv davomida shunday ta’kidladi:
“Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar har bir yigit-qizning istiqbolli kasb egasi bo‘lib shakllanishiga zamin yaratmoqda. Biz – yoshlarga ishonamiz!”

Tanishuv yakunida volontyor yoshlar bu kabi safar va uchrashuvlar ularga katta ruhiy ko‘tarinkilik, motivatsiya berishini, o‘z kelajagini Jamoat xavfsizligi tizimi bilan bog‘lash niyati kuchayganini alohida ta’kidladilar.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech