Bugun Yakkasaroy tuman hokimligi binosida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining III chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sessiyada deputatlar ishtirok etdilar.
✨ Kun tartibida mamlakatimiz rahbariyati tomonidan belgilangan muhim vazifalar ijrosini ta’minlash, mahalliy darajada ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar holatini muhokama qilish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilash kabi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, sessiyada:
👉 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori – “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjat ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Yakkasaroy tumani prokurori Shamshiyev Bekzod axborot berdi.
🖇 Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining 2020-yil 28-dekabrdagi 230/22-2-sonli qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rasulova Dilnoza so‘zga chiqdi.
👍 2025-yilda tuman mahalliy budjetiga tushadigan qo‘shimcha manbalarni maqsadli yo‘naltirish masalalari yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Xudoyqulov.
💎 “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori G‘oyibnazarov To‘lqin tomonidan 2024-yil va 2025-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berildi.
💢 Yakkasaroy tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari Mustafayeva Dilfuza tomonidan ta’lim sohasidagi amaliy ishlar yuzasidan axborot berildi.
👍 Kambagallikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman boshlig‘i Bahromov Shahzodxon so‘zga chiqdi.
👉 Shuningdek, sessiyada Yakkasaroy tumanida Yoshlar maslahat guruhini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi. Sessiya yakunida tuman Kengashi raisi hamda doimiy komissiyalar rahbarlari tomonidan hisobotlar tinglandi.
💢 Sessiya yakunida barcha masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi va deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.