19 Yanvar, 2025 259

???? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ 5072-sonli qaroriga asosan, 2024-yil “Tashabbusli budjet” jarayonining ikkinchi bosqichi uchun bugungi kun holatiga Yakkasaroy tuman “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga
14 751 mln.so‘m mablag‘ yo‘naltirilganligini ma’lum qilamiz.
Xabaringiz bor, tumanimizda ko‘pgina ijtimoiy obyektlar “Tashabbusli budjet” mablag‘lari hisobiga ta’mirlanmoqda va jihozlanmoqda.

???? Aholining o‘zlari yashayotgan hududdagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ijtimoiy sohasini yaxshilash yuzasidan kiritgan takliflari “Ochiq budjet” axborot portaliga elektron shaklda joylashtirilib, to'rt bosqichda amalga oshirildi.

???? Ushbu jarayonlarga onlayn ishtirok etish bevosita Iqtisod va moliya vazirligining openbudget.uz “Ochiq budjet” axborot portali orqali amalga oshiriladi.

✏️ Tashabbusli budjet” jarayonini amalga oshirish mexanizmi:

✅ 1. Bosqich: Taklif
Tashabbuskor fuqarolar tomonidan tasdiqlangan me’zonlarga asosan o‘zlarining mahalla yoki tumandagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar “Ochiq budjet” openbudget.uz axborot portaliga joylashtiriladi.

???? Takliflarni qabul qilish muddati:
Joriy yilning 1-fevral kunidan 20-fevral kuniga qadar.

???? 20 kun.
✅ 2. Bosqich: Ko‘rib chiqish
Ishchi guruh tomonidan mezonlarga muvofiqligi hamda tadbirlar amalga oshirilishi imkoniyatlarini o‘rgangan holda takliflarni tanlab oladi.

???? Takliflarni ko‘rib chiqish muddati:
Joriy yilning 21-fevral kunidan 7-mart kuniga qadar.

???? 14 kun
✅ 3. Bosqich: Ovoz berish bosqichidan avval targ'ibot boqichi o'tkazilib, tashabbuskorlarga o'z loyihalarini "reklama" qilish imkoniyati beriladi.

???? Targ'ibot qilish muddati:
Joriy yilning 8-mart kunidan 10-mart kuniga qadar.

????2 kun
✅ 4. Bosqich: Ovoz berish.
Jamoatchilik tomonidan ovoz berish jarayoni o‘tkaziladi.
Joriy yilning 11-mart kunidan
20-mart kuniga qadar.

????10 kun.
Joriy yildagi 1-mavsum g'oliblari 21-mart—Navro'z bayrami kuni e'lon qilinadi.

???? Hurmatli Yakkasaroyliklar. “Tashabbusli budjet” jarayonida faol ishtirok eting va mahallangizdagi sizni qiynab turgan muammolarni hal etishga hissa qo‘shing!

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech