31 Yanvar, 2025 193

Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida tuman hokimi Nilufar Allabergenova rahbarligida tahliliy-tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman prokurori o‘rinbosari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, “Mahalla yettiligi” va “Mahalla yettiligi”ning rahbarlari ishtirok etishdi.

 Tadbirda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi. “Mahalla yettiligi” rahbarlari o‘z hududlarida olib borilgan ishlar bo‘yicha hisobot berib, joylarda hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi. Shu bilan birga, har bir mahallada aholi muammolarini hal etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar tahlil qilindi.

 Yig‘ilish davomida aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, mahallalarda osoyishtalik va tartibni ta’minlash masalalari bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, joylardagi muammolarni tezkor va samarali hal qilish maqsadida tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

 Tahliliy va tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilish yakunida mas’ullar zimmasiga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

 Yig‘ilish so‘nggida tuman hokimi Nilufar Allabergenova har bir rahbar va mas’ul shaxsdan o‘z faoliyatiga yanada mas’uliyat bilan yondashishni talab qildi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech