30 Yanvar, 2025 131


Aholi bilan oʻtkaziladigan sayyor qabul nomiga oʻtkazilmaydi. Murojaatlarni vaqtida hal etilmasa, quruq vaʼdalarni berib yuraversak fuqarolarning bizga nisbatan, bugun yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga nisbatan ishonchi yoʻqoladi. Bugun har bir tashkilot, idora xodimi “xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilga amal qilib ish olib borsa albatta xalqimiz bizdan rozi boʻlib, ertangi kunga ishonchi ortadi.

 Bugun Yakkasaroy tumani hokimligida fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari - Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi Abdulaziz Isroilov, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, Toshkent shahar hokimligi Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Shuxrat Turdikulov, tuman hokimi oʻrinbosarlari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish tuman boʻlimi masʼul xodimlari ishtirok etdilar.

Qabulda tumanda yashab kelayotgan fuqarolarining turli masalalar boʻyicha qilgan murojaatlari atroflicha oʻrganildi. Jumladan, fuqarolarning uy tomini taʻmirlab berish, elektr taʻminotidagi uzilishlarni bartaraf etish, tadbirkorlikni boshlash uchun kredit olish, moddiy yordam ajratish, mahalla hududini rbrdrnlashtirish va boshqa muammolar boʻyicha murojaatlar qabul qilindi.

Qabul yakunida tuman hokimi masʻullarga barcha murojaatlarni oʻz nazoratiga olib, murojaatlarni bartaraf etish uchun muddat belgilab berdi.

Fuqarolar qabulida ayrim murojaatlarni tuman hokimining oʻzi joyiga chiqib oʻrganishi boʻyicha maʻlumot berib oʻtildi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech