6 Mart, 2025 78

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari doirasida Navro‘z umumxalq bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yurtimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.

Bugun Yakkasaroy tumanida mazkur ishchi guruh faoliyatini boshladi. Tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Karimov Avazjon, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova hamda ishchi guruh a’zolari ishtirok etdilar. Yig‘ilishda Navro‘z bayrami arafasida mahallalarda obodonlashtirish va hashar ishlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanishini ta’minlash, hosildorlikni oshirish va aholini o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi. Har bir mahalla va xonadonga alohida e’tibor qaratish, ularga zarur tavsiyalar berish, qo‘llab-quvvatlash masalalari ishchi guruhning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilandi.

Tuman bo‘ylab hasharlar va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Ko‘chalar, bog‘lar, xiyobonlar tozalanib, ko‘kalamzorlashtirilmoqda. Bu kabi ezgu amallar nafaqat tuman ko‘rkini yanada oshiradi, balki xalqimizga Navro‘z shuko‘hini his etishga ham imkon yaratadi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech