12 Aprel, 2025 91

Yurtimizda ekologiyani yaxshilash, hududlarni yanada obodonlashtirish, aholiga yashil va sog‘lom muhit yaratish maqsadida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu ezgu tashabbus doirasida Yakkasaroy tumanida ham yangi ko‘kalamzor hududlar tashkil etilib, shahar ekotizimini yaxshilashga katta e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda, “Muhandislar” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Salar” kanali bo‘yidagi bo‘sh yer maydonida “Rahbarlar bog‘i” barpo etilmoqda. Bu yerda obodonlashtirish ishlari avj olgan bo‘lib, yaqin kunlarda ushbu hudud tuman aholisi va mehmonlari uchun xushmanzara go‘shaga aylanishi kutilmoqda.

Bugun tuman hokimi Nilufar Allabergenova ushbu bog‘da amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish, ko‘chatlarni atrof-muhitga moslashtirish, ko‘chalarning ko‘rinishini yanada go‘zal va soya-salqin qilishi bilan birga, shahar havosini tozalashda ham katta ahamiyat kasb etadi.

“Rahbarlar bog‘i” nafaqat tuman ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi, balki ekologiyani yaxshilash, aholining dam olish maskanlarini ko‘paytirish, sog‘lom muhit yaratish kabi muhim vazifalarga ham xizmat qiladi. Bu kabi tashabbuslar tumanning nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlari uchun ham toza va yashil muhit qoldirishga yo‘naltirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech