Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining III chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tumanning bir qator soha rahbarlari tomonidan 2025-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan hisobotlar tinglandi.
Jumladan:
Yakkasaroy tumani Davlat xizmatlari markazi direktori Abidov Diyor mazkur davr mobaynida aholiga ko‘rsatilgan davlat xizmatlari sifati va ko‘lami, raqamlashtirish jarayonlari hamda qulayliklar yaratish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berdi.
Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Yakkasaroy tumani bo‘limi boshlig‘i Niyazbekov Shoxruxbek pensiya va nafaqa ta’minoti tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘rsatkichlar to‘g‘risida axborot berdi.
Yakkasaroy tumani 1- va 2-son sport maktablari direktorlarining – Dalimov Nuriddin va Sultanov Azimjonning – hisobotlarida yoshlarni sportga jalb etish, sport infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilarning yutuqlari haqida so‘z yuritildi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Mominov Baxtiyor tumanda chorvachilikni rivojlantirish, hayvonlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish va profilaktik tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
Statistika bo‘limi boshlig‘i Shakirov Rustambek tumanning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda statistika ma’lumotlarining tahlili bilan o‘rtoqlashdi.
Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i v.b Soatov Shahzod esa 2025-yilning birinchi yarim yilligi davomida mahallalar kesimida amalga oshirilgan yoshlar siyosati tadbirlari va yil yakunigacha mo‘ljallangan reja haqida axborot berdi.
Shuningdek, Yakkasaroy tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Xudoyqulov Bobur tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalarini samarali yo‘naltirish masalalariga to‘xtaldi.
Sessiyada hisobotlar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati