28 Noyabr, 2025 6

Bugun Yakkasaroy tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida tuman hokimligi tashabbusi bilan talabalar uchun keng qamrovli “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, hokim o‘rinbosarlari, tumanda faoliyat yuritayotgan banklar shuningdek, talabalar va yoshlar ishtirok etdilar.

“Karyera kuni”ning asosiy maqsadi – yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash, amaliy ko‘nikmalarini kuchaytirish hamda kelajakda munosib kasb egasi bo‘lishlari uchun keng imkoniyatlar yaratishdan iborat bo‘ldi.

Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova o‘z nutqida yoshlarning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish tuman hokimligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

Ushbu tadbir yoshlarning kasbiy rivojlanishi, yangi imkoniyatlarni kashf etishi hamda kelajak rejalari sari dadil qadam tashlashlariga mustahkam zamin yaratdi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech