Yakkasaroy tumanida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada rivojlantirish, mahalla institutlarini mustahkamlash maqsadida navbatdagi muhim jarayon – fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari) saylovlari boshlanmoqda.
Joriy yilning 1-may kuni soat 16:00da Yakkasaroy tumanidagi 319-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida “Qushbegi” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu saylov fuqarolarning mahalla hayotidagi faol ishtiroki, o‘z hududining rivoji va farovonligi uchun mas’ul rahbarni tanlab olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, “Qushbegi” mahallasi aholisini saylovda faol ishtirok etishga va o‘z fuqarolik burchini sidqidildan ado etishga chorlaymiz.
Fuqarolar yig‘ini raisi – bu mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi farovonligi va hamjihatlik muhitini ta’minlashda yetakchi shaxs hisoblanadi. Shuning uchun har bir ovoz bugungi kun va kelajak uchun muhim ahamiyatga ega.
Barchangizni faollik va mas’uliyat bilan saylovda ishtirok etishga chaqirib qolamiz!