28 Aprel, 2025 74

Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonunlarga kiritilgan o‘zgartishlar hamda ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda asosiy e’tibor qonunchilikka kiritilgan yangi normalarga ko‘ra, endilikda mahalla raislarining vakolat muddati amaldagi 3 yil emas, balki 5 yil etib belgilanganligi. Shuningdek, vakant bo‘lib qolgan fuqarolar yig‘ini raisligi lavozimlariga ham yangi saylovlar o‘tkaziladi va ular ham 5 yillik muddatga saylanadi.

Yig‘ilish davomida fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazish jarayonini samarali tashkillashtirish uchun tuzilgan komissiya a’zolariga o‘z vazifalari va mas’uliyatlari keng tushuntirildi. Ularga saylov jarayonini qonunchilik talablariga muvofiq ravishda, oshkoralik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazish lozimligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur yig‘ilish Yakkasaroy tumanida mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va mahalla tizimining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech