19 Aprel, 2025 37

Bugun Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi binosida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tantanali tadbirda Yaqkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, tumandagi tibbiyot muassasalarining rahbar xodimlari, soha fidoyilari va mehnat faxriylari ishtirok etdilar.

Navro‘z - bu tabiatning uyg‘onishi, yangilanish va totuvlik ramzi hisoblanadi. Ushbu bayram doirasida o‘tkazilgan tadbirda milliy an’analarimiz, qadriyatlarimiz hamda xalqimizga xos mehr-oqibat, bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik kabi tuyg‘ular yana bir bor yuksak darajada namoyon bo‘ldi.

Tadbirni ochib bergan Yaqkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tibbiyot sohasi xodimlarini, mehnat faxriylarini va barcha yig‘ilganlarni Navro‘z bayrami bilan samimiy tabriklab, tibbiyot fidoyilariga shifokorlik kasbining oliyjanobligi va jamiyatda tutgan alohida o‘rni haqida to‘lqinlantiruvchi so‘zlar yo‘lladi. Shuningdek, hozirgi kundagi islohotlar jarayonida tibbiyot sohasi xodimlarining faolligi va mas’uliyati yuksak baholandi.

Shu kabi tadbirlar nafaqat bayram shuko‘hini yaratadi, balki soha vakillarining hamfikrlik, hamjihatlik, mehnatga bo‘lgan muhabbat va jamiyatdagi mas’uliyatini yanada mustahkamlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech