Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova mas’ullar hamrohligida Muqimiy mahallasida joylashgan Bog‘ibuston mahallasida bo‘lib, mahalla aholi tashabbusi bilan “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan piyodalar yo‘lagi qurilishi loyihasi bilan yaqindan tanishdi.
G‘olib deb topilgan mazkur loyiha mahalla aholisining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Hokim tomonidan loyihaning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati