Assalomu alaykum!
Hurmatli yongʻin xavfsizligi xizmati fidoyi va jasur xodimlari!
Siz azizlarni Xalqaro Oʻt oʻchiruvchilar kuni munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Oʻt oʻchiruvchi — bu oddiy kasb emas, balki halollik, jasorat, sabr-toqat va vatanga sadoqatni talab qiluvchi mukammal burchdir. Sizlar nafaqat yongʻinlarni bartaraf etish, balki har qanday tabiiy ofatlar, texnogen halokatlar vaqtida ham oʻzingizni xavf ostiga qoʻyib, insonlarning hayoti, sogʻligi va mulkini asrash uchun kurashasiz.
Yurtimizda xavfsiz va osuda hayotni taʼminlash yoʻlida koʻrsatayotgan xizmatlaringiz eng yuksak tahsinga sazovor.
Sizlarning doimiy tayyorgarlik, masʼuliyat va jonkuyarlik bilan olib borayotgan mehnatlaringiz jamiyatimizda barqarorlik va tinchlikni taʼminlashda katta oʻrin tutadi.
Bu sharafli kasbni tanlab, el-yurt tinchligi, jon saqlovi yoʻlida matonat va jasorat koʻrsatayotgan barcha soha xodimlariga minnatdorlik bildiraman. Oilangizda tinchlik va farovonlik, xizmatingizda muvaffaqiyat va bardavom omad hamroh boʻlsin!
Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz oʻt oʻchiruvchilar!