Yakkasaroy tumanida fuqarolarning muammolarini hal etish, ularning hayot tarzi va yashash sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda. Tuman hokimi tomonidan muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan sayyor qabullar ana shunday ijobiy ishlarning muhim bo‘g‘inidir.
Kuni kecha tuman hokimi Nilufar Allabergenovaning Hamid Sulaymonov mahallasida o‘tkazgan navbatdagi sayyor qabuli davomida, Bobur mahallasi 69/9, 5-uyda istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat bilan chiqishgan edi.
Murojaat joyida o‘rganilishi va unga tezkor yechim topilishi maqsadida, bugun tuman hokimi Nilufar Allabergenova ushbu manzilga shaxsan tashrif buyurdi. Tashrif davomida fuqarolar bilan yaqin muloqot olib borilib, ularning ehtiyoj va takliflari tinglandi.
Fuqarolar asosan o‘z tomorqalarida parvarish qilayotgan deraxt va gullarning suv bilan ta’minlanishi bo‘yicha yordam so‘rashgan edi. Mazkur masala yuzasidan tuman hokimi mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berdi va natijada, Yakkasaroy tuman obodonlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan fuqarolarning hovlisidagi daraxt va gullar ariq suvi orqali sug‘orilib, hudud obodonlashtirildi.