29 Mart, 2025 37

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova va hokimning birinchi o‘rinbosari N.Shamsiyev tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldilar.

O‘rganish davomida yagona reestrda ro‘yxatga olingan ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, ularning muammolari tinglandi.

Hokimlik vakillari ushbu oilalarning turmush darajasini yaxshilash, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash borasida tegishli chora-tadbirlar belgilashdi. Oilalarga zarur yordam ko‘rsatish, ijtimoiy muammolarni hal etishda davlat va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Yakkasaroy tumani hokimligi aholining hayot sifatini yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech