29 Aprel, 2025 74

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tuman hokimining oʻrinbosarlari “Qushbegi” mahallasida yashovchi yagona reestrda turgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldilar.

Uchrashuv davomida fuqarolarning ijtimoiy ahvoli, kundalik hayotidagi muammo va ehtiyojlari o‘rganildi.

Xususan, davlat tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida yagona reestrda turgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga zarur yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla faollari, jamoatchilik va mas’ul mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Mas’ul idoralarga manzilli yordam choralarini tezlashtirish va fuqarolarning muammolarini samarali hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Bunday tashriflar joylardagi ijtimoiy vaziyatni o‘rganish, aholi muammolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir fuqaro e’tibor va g‘amxo‘rlikka loyiq, ularning ijtimoiy himoyasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech