29 Aprel, 2025 41

Bugun, Yakkasaroy tuman hokimligida tuman hokimi Nilufar Allaberganova fuqarolar murojaati asosida “AVTOMOTOHAVASKOR ORLANDA” qurilish kompaniyasi mas’ul rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🖇 Muloqot davomida “Yakasaroy” mahallasidagi Badriddin Hiloliy ko‘chasi 3-tor ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi tomonidan kelib tushgan murojaat asosida ushbu hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi.

💢 Tuman hokimi qurilish tashkiloti mas’ullariga obodonlashtirish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakuniga yetkazish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berdi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech