27 Noyabr, 2025 36

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova Toshkent shahar 1-son ruhiy-asab kasalliklar dispanseriga tashrif buyurib, muassasada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida hokim “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ta’mirlash va infratuzilmaviy ishlarning borishi, ularning sifat darajasi hamda bemorlar uchun yaratilayotgan qulayliklarni batafsil ko‘zdan kechirdi. Mazkur tashabbus tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, zamonaviy va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qilayotgani bilan alohida ahamiyatga ega.

Allabergenova tomonidan mutasaddilarga ishlarni belgilangan muddatlarda, yuqori sifat standartlariga to‘liq amal qilgan holda yakunlash, har bir bosqichda tartib va intizomni ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech