30 Aprel, 2025 155

Bugun Yakkasaroy tumanidagi 118-sonli umumta’lim maktabida jamiyatda ayollarning o‘rnini mustahkamlash, ularni zamonaviy kasb-hunarga va oliy ta’limga keng jalb etish maqsadida muhim tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir “Xotin-qizlarni oliy ta’limga keng jalb qilish” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Tadbirda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, hokim o‘rinbosari-tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Rasulmuxamedova, mahalla faollari, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori, tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokorining o‘rinbosari, tuman Ichki ishlar organlari xodimlari hamda qator tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchi qizlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, ta’lim, kasb tanlash, o‘z o‘rnini topish, oilaviy hayotga tayyorgarlik kabi mavzularda foydali maslahatlar va hayotiy tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida ayollarning bilimli, faol va mustaqil shaxs sifatida kamol topishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalariga kirishda berilgan imtiyozlar haqida ham batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Shu kabi tadbirlar yosh avlod, ayniqsa, qiz bolalarning kelajakda o‘z ustida ishlashi, bilim olishga intilishi va jamiyatda munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech