20 Noyabr, 2025 31

Bugun Yakkasaroy tumaniga tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar tumandagi 358-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

Mehmonlarga bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv-tarbiyaviy jarayon va zamonaviy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tuman hokimi Nilufar Allabergenova maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash borasida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangilanayotgan infratuzilma va yaratilayotgan qulayliklar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Xalqaro ekspertlar bolajonlarning ijodiy chiqishlari – ular tayyorlagan raqs va sahna ko‘rinishlarini tomosha qilib, samimiy taassurotlar oldilar hamda tashkil etilgan sharoitlarni yuqori baholadilar.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech