Yurtimizda izchil amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida atrof-muhitni obod qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda aholining farovon yashashi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda.
Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova hamda tumanga tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar 358-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, bog‘cha tarbiyalanuvchilari bilan birga ezgu niyatlar ila mevali daraxt ko‘chatlarini ekdilar.
Yangi ekilgan har bir nihol – kelajak avlodga toza havo, bog‘cha bolalariga esa beg‘ubor shodlik va tabiatga mehr tuyg‘usini singdiruvchi amaliy saboqdir.
Tadbir davomida xalqaro ekspertlar kelajakda ekilgan daraxtlarning mevasini tatib ko‘rish niyatida yana Yakkasaroyga qaytib kelishlarini ta’kidladilar.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati