Bugun Yakkasaroy tumani hokimi va sektor rahbarlari mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan muhim uchrashuv oʻtkazdilar.
Yigʻilishni asosiy maqsadi yoshlar oʻrtasida olib borilayotgan xatlov jarayonini muhokama qilish va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalarni belgilashdan iborat boʻldi.
Uchrashuv davomida xatlov jarayonining ahamiyati alohida taʼkidlandi. Ushbu jarayon yoshlar orasida mavjud muammolarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini chuqur oʻrganish va bu asosda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni belgilash uchun muhim asos ekanligi qayd etildi.
Shu bilan birga, bu jarayonning sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi joylardagi ishlarning samaradorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi aytib oʻtildi.
Xokim va sektor rahbarlari xatlovni tashkil etish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qiyinchiliklar va ularning yechimlari haqida ham toʻxtalib oʻtishdi. Yoshlar yetakchilariga ishlarni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish, mahalladagi yoshlar bilan doimiy muloqotda boʻlish hamda ularning muammolarini hal qilishga doir koʻrsatmalar berildi.