12 Aprel, 2025 68

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova Respublika ishchi guruhi aʼzolari bilan birgalikda tumandagi “Yakkasaroy” mahallasida boʻlib, hududda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida hokim mahalla hududidagi koʻp qavatli uylar atrofida bolalar maydonchasi, zamonaviy futbol maydoni hamda sport maydonlarini barpo etilayotgan jarayonini koʻzdan kechirdi.

Ushbu obyektlarning aholi, ayniqsa, yoshlar uchun ahamiyatini alohida taʼkidlab, ularning sifatli va vaqtida foydalanishga topshirilishi muhim ekanini qayd etdi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech