Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi.
Mazkur farmonga muvofiq, yurtimizda sogʻliqni saqlash tizimi va farmatsevtika sohasini rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sohani tubdan isloh etishga qaratilgan dasturlarni samarali amalga oshirishdagi koʻp yillik fidokorona mehnati uchun bir guruh soha xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Mukofotlanganlar orasida Yakkasaroy tumani 58-oilaviy poliklinikasining oilaviy shifokori Reshetnyak Marina Yurevna ham bor. U sogʻliqni saqlash tizimidagi uzoq yillik samarali faoliyati, yuqori malakali bilimi va yuqori kasbiy mahorati uchun II darajali “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Marina Yurevnani ushbu yuksak davlat mukofoti bilan chin dildan tabriklaydi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati