Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida har bir tuman, har bir ko‘cha va har bir loyiha mamlakatning iqtisodiy hamda madaniy yuziga aylanmoqda. Shu ma’noda, Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasini zamonaviy gastronomik turizm maskaniga aylantirish bo‘yicha amaliyotlar boshlab yuborildi.
Bugun, Toshkent shahar hokimining maslahatchisi Shovkat Ergashev, tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman hokimi o‘rinbosarlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida loyiha doirasida keng ko‘lamli o‘rganish ishlari boshlandi.
Loyiha maqsadlari nimalardan iborat?
Shota Rustaveli ko‘chasi 24 soat, haftaning yetti kuni faoliyat yuritadigan, xalqaro andozalarga javob beradigan savdo do‘konlari, ovqatlanish shoxobchalari va ko‘ngiloochar maskanlarni o‘z ichiga olgan to‘liq sayyohlik infratuzilmasiga ega hududga aylantiriladi.
Bu yerda nafaqat mahalliy fuqarolar, balki poytaxtga tashrif buyuruvchi xorijlik mehmonlar uchun ham qiziqarli, mazmunli va mazza qiladigan gastronomik sayohat makoni shakllantiriladi.
Hozirda piyodalar uchun qulay va xavfsiz yo‘laklar tashkil etish, mavjud infratuzilmani zamonaviy talablar asosida yangilash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.