14 Aprel, 2025 53

Bugun Respublika ishchi guruhi a’zolari – Prezident Xalq qabulxonasi rahbarining birinchi o‘rinbosari U.Ismoilov, Toshkent shahar Xalq qabulxonasi mudiri T.Mullajonov, Toshkent shahar hokimining maslahatchisi Sh.Irgashev, Yakkasaroy tumani hokimi N.Allabergenova, tuman Xalq qabulxonasi mudiri A.Isabayev hamda tuman hokimining o‘rinbosarlari “To‘qimachi” mahallasida joylashgan tuman Tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🖇 O‘rganish doirasida tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasi, binolarning holati, tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

💎 Ishchi guruh a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlarga ko‘ra, mazkur binolar tarixiy-madaniy meros obyekti hisoblanadi va hozirgi kunda kapital ta’mirga muhtoj holatda. Tibbiyot birlashmasida ishlovchi shifokorlar hamda davolanayotgan bemorlar uchun zarur va munosib sharoitlar yaratish kun tartibida turgan eng muhim masalalardan biri ekani ta’kidlandi.

💢 Shu munosabat bilan ishchi guruh a’zolari tomonidan mavjud muammolarga e’tibor qaratilib, tibbiyot muassasasini ta’mirlash, jihozlar bilan ta’minlash hamda xizmat sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish zarurligi qayd etildi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech