Bugun Respublika ishchi guruhi a’zolari – Prezident Xalq qabulxonasi rahbarining birinchi o‘rinbosari U.Ismoilov, Toshkent shahar Xalq qabulxonasi mudiri T.Mullajonov, Toshkent shahar hokimining maslahatchisi Sh.Irgashev, Yakkasaroy tumani hokimi N.Allabergenova, tuman Xalq qabulxonasi mudiri A.Isabayev hamda tuman hokimining o‘rinbosarlari “Meros” mahallasi hududidan oqib utuvchi “Bo‘rijar” kanalida bo‘lib, mavjud holatni o‘rganishdi.
🖇 Ishchi guruh a’zolari “Bo‘rijar” kanali atrofida hozirda olib borilayotgan obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishishdi.
👍 Kanal bo‘ylab piyodalar uchun qulay yo‘laklar tashkil etish, atrofini ko‘kalamzorlashtirish, sanitar holatni yaxshilash kabi bir qator tadbirlar rejalashtirilgan bo‘lib, bu ishlar mahalladagi ekologik muhitni yaxshilashga, aholining dam olish va sayr qilish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
💎 Shuningdek, ishchi guruh tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha mas’ul tashkilot rahbarlari bilan muhokamalar olib borildi.