Bugun Respublika ishchi guruhi a’zolari – Prezident Xalq qabulxonasi rahbarining birinchi o‘rinbosari U.Ismoilov, Toshkent shahar Xalq qabulxonasi mudiri T.Mullajonov, Yakkasaroy tumani hokimi N.Allabergenova, tuman Xalq qabulxonasi mudiri A.Isabayev hamda tuman hokimining o‘rinbosarlari Yakkasaroy tumanidagi 26-sonli umumta’lim maktabi faoliyati bilan tanishdilar.
Tanishuv davomida maktab madaniy meros obyekti sifatida ro‘yxatga olingani, hozirda ta’mirtalab holatda ekani va kelgusida ushbu ta’lim muassasasida ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilayotgani muhokama qilindi.