7 Iyul, 2025 60

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova “Rakatboshi” mahallasida aholi tomonidan ko‘tarilgan qator muammolar yuzasidan hududga tashrif buyurib, vaziyatni joyida o‘rgandi.

Ochiq muloqot va amaliy yechim ruhida o‘tgan o‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan quyidagi masalalar alohida diqqat markaziga olindi:

Mahallada ancha vaqtdan beri e’tibordan chetda qolgan qurib qolgan daraxtlarni kesib olib tashlash;

Aholi uchun muhim bo‘lgan ariqlar orqali suv o‘tishida yuzaga kelgan to‘siqlarni bartaraf etish va irrigatsiya tizimini yaxshilash;

Mahalla ichi yo‘llarini ta’mirlash va harakat uchun qulay holatga keltirish;

Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketishda kuzatilayotgan uzilishlar va beparvolikni bartaraf etish.

Hokim har bir masala yuzasidan mas’ul kommunal rahbarlariga aniq topshiriqlar berib, muammolarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha aniq muddat va ijro tartibini belgilab o‘tdi.

“Aholi roziligi – davlat xizmatidagi eng asosiy mezon. Har bir shikoyat – javobgarlik, har bir murojaat – harakat talabi”, – dedi tuman hokimi.

Bunday o‘rganishlar mahallalardagi mavjud muammolarni nazorat ostida ushlash, fuqarolarning ovozini eshitish va ular uchun munosib hayot sharoiti yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech