22 Aprel, 2025 85

O'zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar yil sayin yangi mazmun bilan boyib, har bir sohada o‘zaro hamkorlik rivojlanib bormoqda. Shu munosabat bilan, Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, politsiya general-leytenant Kerimov Ogtay Asker o‘g‘li rahbarligidagi nufuzli delegatsiya Yakkasaroy tumanida joylashgan “Dilbuloq” mahallasiga tashrif buyurdi.

👉 Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullaev, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultonxo‘jaev, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamshiyev, tuman IIO FMB boshlig‘i Alisher Murodov, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Ergashev hamda “Dilbuloq” mahallasi faollari – “mahalla yettiligi” a’zolari kutib olishdi.

👏 Tashrif doirasida mehmonlarga O‘zbekistonda mahalla institutining o‘ziga xosligi, uning jamiyatda tutgan o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, ayniqsa, ish bilan ta’minlash, yoshlarni ta’lim va tarbiyaga yo‘naltirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi muhim yo‘nalishlar batafsil ko‘rib chiqildi.

🖇 Bugungi kunda “Dilbuloq” mahallasining aholisi 6 700 nafardan ortiq bo‘lib, hudud xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalariga ixtisoslashgan.

👍 Mahallada 300 ga yaqin savdo, sanoat va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyat yuritib, ularda asosan mahalliy yoshlar va ayollar mehnat qilmoqda.

👉 Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasasi, oilaviy poliklinika, ixtisoslashtirilgan sport maktabi mahallaning ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutadi.

👉 “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida joriy etilgan 360 dan ortiq videokuzatuv moslamalari orqali jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligi yuqori darajada ta’minlanmoqda. Ushbu tizim mahalla profilaktika inspektori xizmat xonasiga ulangan bo‘lib, aholi bilan yaqin aloqada samarali ish olib borish imkonini bermoqda.

👍 Tashrif chog‘ida Ozarbayjon delegatsiyasi a’zolari mahalla profilaktika inspektori bilan suhbatlashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan muloqot va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi tajribalar bilan tanishdilar.

👉 Ushbu tashrif O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib, ikki davlatning ijtimoiy-huquqiy sohalardagi tajriba almashinuviga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech