3 Iyul, 2025 26

Bugun Yakkasaroy tumanida joylarda muammolarni oʻrganish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda xalq bilan ochiq va samarali muloqotni yoʻlga qoʻyish maqsadida navbatdagi sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

Tuman xalq qabulxonasi binosida tashkil etilgan ushbu qabulda Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova, hokim oʻrinbosarlari, tumandagi masʼul korxona tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Qabulda tuman hokimi turli ijtimoiy, maishiy, huquqiy va infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan fuqarolarni tingladi.

Har bir murojaat alohida oʻrganilib, ularni hal etish boʻyicha tegishli idora va masʼullarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar boʻyicha joyida hal etish choralari koʻrildi.

Mazkur sayyor qabul nafaqat murojaatlarni tinglash, balki aholi bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, ularning ishonchini mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadamlardan biri sifatida xizmat qildi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech