17 Noyabr, 2025 28

Yakkasaroy tumanida joylardagi mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi uchun munosib va zamonaviy turmush sharoiti yaratish maqsadida “Obod mahalla”, “Obod xonadon” va “Obod ko‘cha” umummilliy dasturlari doirasida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumanning Bobur mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida dasturlar doirasida amalga oshiriladigan obodonlashtirish ishlari, xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, yo‘l yoqalarini ko‘kalamzorlashtirish, yoritish tizimini yaxshilash hamda aholining faol ishtiroki asosida ko‘chalarni obod qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, hududdagi ijtimoiy infratuzilma, aholi yashash sharoiti, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ham ko‘rib chiqildi. Bobur mahallasi faollari, nuroniylar va yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda jamoaviy hamkorlik va hamjihatlik asosida har bir xonadon va har bir ko‘chani obod qilish muhimligi ta’kidlandi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech